-
-
-
-
-
Badiiy,
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Yovuz niyatli kishi
Anton Chexov,Ushbu to'plamni Eliza Rileyning "Yangi umid tashrifi" hikoyasi bilan nomladik. Shuningdek, ushbu to'plamdan jahonga mashhur adiblarning sara hikoyalari ham o'rin olgan. Bu hikoyalarda qalamga olingan voqealar sizni o'ylashga, fikrlashga chorlaydi.
-
-
Qiyshiq uy
Agata Kristi,Misrda Chariz xeyuord boy oligarx Aristid Leonidisning nevarasi Sofiya Leonidis bilan tanishadi.Ikki yildan so`ng Chariz Sofiyaning qo`lini so`rab uning yoniga boradi
-
O`zbek xalq og`zaki ijodi Xoldorxon
Ergashboy Matyoqubov,Ushbu doston o`zbek xalq ijodiga mansub bo`lib ming yillar davomida xalqimiz baxshilari tamonidan kuylanib, xalqimiz tamonidan sevi tinglangan.
-
Уруш ва тинчлик (роман-эпопея) биринчи ва иккинчи китоблар
Лев Николаевич Толстой,Бу китоб факат уруш ёхуд тинчлик хақида эмас. Унда мавзулар қамрови - одамлар қисмати, уларнинг тақдири, уйлари, қарашлари ва айни пайтда бўлаётган жараёнга муносабати китобхон эътиборидан четда колмайди.Қолаверса, мутолаа жараёнида қалбингизга яқин бўлиб қолган ёхуд жамиятда қандай мавқега эга бўлишдан қатьий назар урушни узининг такдири билан боглаган ва бўлаётган воқеаларга фаол муносабат билдираётган қахрамонлар қисмати сизга фавкулодда ходиса эмас, балки ўз эрки, ўз номуси учун курашаётган тимсол сифатида гавдаланади.
-
Qora ko`z majnun
Said Ahmad,Ushbu kitobda xalqimizning suyukli adibi, hayoti ibratlarga to`la, mustahkam iroda sohibi Said Ahmadning ayrim hikoyalari o`rin olgan. Deyarli har bir hikoyada o`quvchi o`zligini, qalbidagi iymon-e`tiqod, ona-yurt, o`zgalarga hurmat, mehr-muruvvat tuyg`usini yo`qotmagan insonlar bilan uchrashadi.
-
Қор одам хазинаси
Даврон Султонов,Ушбу адабиёт Хиндистоннинг қорли чўққиларида ҳазинани топиш учун йўл олган экспедиция иштирокчиларининг ўзаро муносабати уларнинг қисмати баён этилинган.
-
Jaziramadagi odamlar
Luqmon Bo`rikon,Romanning bosh qahramoni Lolaxon tagdir taqozosiga ko`ra ovloq cho`l qo`yniga kelin bo`lib tushgani haqida bayon qilingan.
-
Театр
Сомерсет Моем,Ушбу китобда умуминсоний қадриятлар акс этган воқеалар, виждон иймон ҳақида ёзилган.
-
Учинчи қиз
Агата Кристи,Норма Рестарик исмли ёш қиз машҳур изқувар Эркюль Пуаро ёнига маслаҳат сўраб келади. Қиз унга асабий, беқа- рор ва ҳадикли одамдек кўринади, худди одам ўлдирган ко- тилдек таассурот колдиради. Аммо у на курбоннинг исмини, на котиллик юз берган вазиятни, на жиноят жойини эслай олади. Эркюль Пуаро унинг турмуш тарзи ва атрофидаги одамлар билан танишиб... зарур маълумотларни оз-оздан тўплаб... котилликни излайди.«Учинчи қиз» романи биринчи марта 1966 йилда Англияда нашр қилинган. Асар сюжети чигал, айёрона тузилган. Агата Кристи бу романида йигирманчи асрнинг олтмишинчи йилларидаги замонавий ёшлар қиёфасини тасвирлайди
-
Turon malikasi
Mirmuhsin,O'zbekiston xalq yozuvchisi Mirmuhsinning yangi tarixiy romani "Turon malikasi" XI-XII asrlardagi Xorazm shohi A'loiddin Muhammad Otsiz davridagi voqealarni o'z ichiga oladi. Unda xalqlarning Turonzaminni Saljuqiylar tobeligidan ozod qilish uchun olib borgan keskin kurashlari, ikki buyuk dar-yo oralig'idagi Samarqand, Buxoro, Shosh, Gurganj, Kesh, Ter-miz, Xoʻjand, Xeva-yu O'tror kabi shaharlarni yuksaltirish, bir-birlari bilan yaqinlashuvi yo'lidagi fidoyiliklari yorqin bo'yoq-larda tasvirlanadi.
-
Raqqosaning marjoni
Agata Kristi,Jahon detektiv adabiyoti tarixida o`chmas iz qoldirgan Agata Kristi qalamiga mansub asarlar butun dunyoda haligacha sevib o`qiladi.Qo`lingizdagi "Raqqosaning marjoni"."Lo`li ayol" ,"Qirol Lali',"Hurmaydigan it" va 'Gazeta kiygan jentelmen"qissalaridagi sirli voqealar ,g`ayrioddiy qotilliklar ,ularning oqilona yechimi har qanday o`quvchini hayrat va hayajonga tushirib,qissalar oqimi bo`ylab olib ketadi.
-
-
Кекса мерганнинг сўнгги нишони
Мирзо А.,Бу дунёнинг ўткинчилигини яхши биламиз, бироқ кўпчилигимиз ўз билганимиздан қолмаймиз: шу қисқа ўмримизни нафсимизни қондиришнинг йулларини излаб топишга сарфлаймиз. Оқибатда тўрт оёқли чубин от ортимиздан қувиб етиб келганини сезмай ҳам коламиз.
-
Sherlok Xolms va doktor Uotsonning sarguzashtlari
Artur Konan Doyl,Bu to'plamda yozuvchining detektiv, ilmiy fantastika, sarguzasht asarlaridan saralab olingan, hayotiy dalillarga boy hikoya va qissalari joy olgan. Charlz Baskervilning g'aroyib tarzda o'ldirilishi odamlarni dahshatga soladi. Hamma ulkan mulk sohibining fosiq ajdodlari aybi uchun jazo sifatida botqoq tubidan chiqqan dahshatli it haqida turli vahima gaplarni aytishadi. Xonaki itlardan mutlaqo farq qiladigan, salobati o'rmon qora ayig'ini eslatadigan, bir oilaning iziga tushgan Baskervillar iti insonlar kabi xufiyona ish tutadi. Faqat bugina emas, mashhur izquvarlar Sherlok Xolms va doktor Uotsonning qator jinoyatlarni fosh qilishdagi bir-biridan qiziqarli sarguzashtlarini mazkur kitobdan bilib olishingiz mumkin.
-
Josus yoxud betaraf o'lka hikoyati
Jeyms Fenimor Kuper,Qo'lingizdagi ushbu kitob AQSHda yashab ijod etgan adib Jeyms Fenimor Kuper (1789-1851) qalamiga mansub "The Spy: a Tale of the Neutral Ground" romanining rus tili orqali (Ingliz tilidan rus tiliga E. A. Ber va Y. M. Shishmarevoylar "Шпион, или Повесть о нейтральной территории" nomi ostida tarjima qilishgan) Erkin Mirobidov tomonidan "Josus yoxud betaraf o'lka hikoyati" nomi ostida tarjima qilingan ko'rinishidir.
-
Oydin tunlar
Fyodor Mixaylovich Dostoyevskiy,Dostoyevskiy o'z asarlarida ko'pincha xo'rlangan, ijtimoiy adolatsizlikka duchor bo'lgan "kichkina odamlar "ning qismati hikoya qilingan. Shuningdek, roman va qissalarida aslzoda (dvoryan)larning ma'naviy-axloqiy tubanligini, mehnatkashlar shafqatsiz ekspluatatsiya qilinishini, rus "oqsuyaklari" tabaqasi, amaldorlari orasida ma'naviy qashshoqlik, amalparastlik, ochko'zlik va xudbinlik kabi illatlarning chuqur ildiz otganini ayovsiz fosh etadi. Uning asarlarini o'qir ekansiz, o'sha davr jamiyati va insonlar o'rtasidagi chuqur ziddiyat, ruhiy inqiroz va fojiaga guvoh bo'lasiz.
-
Saylanma
Muhammad Yusuf,O'zbek she'riyatida yetti yoshdan yetmish yoshgacha butun xalq sevib ardoqlaydigan millatimizning haqiqiy shoiri Muhammad Yusuf she'rlari qalblarga nur yanglig' kirib boradi. Shundanmi, uning nomini bilmaydigan she'riyat muxlislarini uchratish mahol. Qo'lingizdagi kitob ham Muhammad Yusuf lirikasidagi injalig-u nozikliklardan bahramand bo'lishingiz, qalbingizdagi muhabbatingiz yangilanishi uchun qaytadan nashrga tayyorlandi. Undan shoirning bir necha dostonlari va adib haqida zamondoshlarining xotiralari ham o'rin olgan.
-
Shuhrat
Ergashbay Matyakubov,Darhaqiqat, Shuhratning hikoya, qissa yoki romanlarini o'qir ekansiz, ularning aksariyatida, tinchlik mavzusi, dushmanga nafrat. Ona Vatanga muhabbat, do'stlik, mehr-oqibat, millatlararo totuvlik tarannum etilganiga guvoh bo'lasiz. Shuningdek, bir qancha hikoya va qissalarida esa yoshlarni ilm olishga, savodli bo'lishga undaydigan fikrlarga duch kelasiz. Masalan ushbu to'plamga kiritilgan "Otangga rahmat!", Komandirning hikoyasi" hikoyalarida yosh bolakayning o'z qishlog'ini dushmanlardan tozalashda ko'rsatgan matonati hikoya qilinsa, "Minnatdorlik hikoyasida millatlararo totuvlik g'oyasi olg'a suriladi.
-
Jinoyat va jazo
Fyodor Mixaylovich Dostoyevskiy,"Jinoyat va jazo" rus va jahon adabiyoti tarixidagi eng buyuk roman. Muallifning o'zi avvaliga aytganidek "bitta jinoyatning psixologik hisoboti" emas, Fyodor Mixaylovich Dostoyevskiy balki inson tabiati sirlarini chuqur o'rganuvchi asardir. Unda muallif abadiy savollarni ko'taradi: jinoyat va jazo, ruhiy shafqatsizlik va rahm-shafqat, qalbning o'limi va qayta tug'ilishi haqida falsafiy mulohazalar yuritadi. Muallif shunday mulohazalari orqali shiddatli syujetni ekzistensializmni eslatuvchi shaxs erkinligi haqidagi falsafiy masalalar bilan uyg'unlashtirib, adabiyot tarixidagi eng muhim romanlardan birini yaratadi.