-
-
-
-
Badiiy,
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Вакт ёғдуси
А.Хотамов,Оламда мутлақ бир хақиқат бор. Дунёга келаётган гўдак ҳеч қачон бошқа онани танлай олмайди. Хоҳлайдими-йўқми муҳтарамаси уни ёруғликка олиб чиқади. Оқ ювиб, оқ тарай- ди. Тунлари мижжа қоқмай, оқ сутини беради. Ва эзгу орзу-умидлари йўғрилган алла айта- ди. Фарзанди ўсиб, улғайиб, набира-абиралик бўлганидаям у ни барибир гўдакдек ардоқлайди. Қўшикдек панду насиҳатларини аямайди
-
O'zbek xalq ertaklari
M.Afzalov, X.Rasulov, Z.Husainova,Bolalikni inson umrining eng beg'ubor va oltin davri, deyishadi. Orzular osmonida parvoz etuvchi baxtiyor bolalikni esa xalq badiiy tafakkurining dahosi yaratgan go'zal ertaklarsiz tasavvur etish qiyin. Bola ertakdagi jasur qahramonlardan ibrat oladi. Chunki bu qahramonlar hamisha mehnatkash xalqni turlituman balo-yu ofatlardan, zulm-u adovatlardan, yovuz dev-u ajdaholardan himoya qiladi.
-
Одам булиш кийин
Умарбеков, У,Шундай истеъдод эгалари борки, тенгдошлари ва замондошларининг х,урмат-эътиборини козониш бахтига муяссар буладилар. Бунинг устига уз замондош устозлари эъзозидан, бахра топадилар. Ижоддаги бундай х,олат фак,ат уша истеъдоднинг бахтигина булиб колмай, балки у мансуб булган адабиётнинг \ам омади, равнакидан бир далолатдир. Бизнинг адабиётимиз бахтига бундай чинакам истеъдод сохиблари анчагина.
-
O'zbek xalq maqollari
T.Mirziyayev, A.Musoqulov , B.Sarimsoqov , Sh.Turdimov,Ushbu kitob o‘zbek xalqining ko‘p rning yillik boy hayot yo‘li natijasida yuzaga kelgan xalq og'zaki ijodining bir bo'lagidir. “O‘zbek xalq maqollari” kitobida hayotimizning barcha jabhalarida faol qo‘llanib kelinayotgan 13 mingdan ortiq sermaztmm va lo‘nda xalq hikmatlari jamlangan. Mazkur maqollar donishmand ajdodlarimizning betakror tafakkur mahsuli bo‘lib, bu ko‘p asrlik qayroq fikrlar har lahzada bizga hamrohdir.
-
Oq so`yloq
Jek London,Mashhur amerikalik yozuvchi Jek London asarlarida inson va tabiat muammolari o'ziga xos yo'sinda qiziqarli tasvirlanadi. «Oq So‘yloq» qissasi ona tilimizda ilk bor nashr etilmoqda. Asarning asosiy qahramoni Oqsoyloqning onasi-it otasi esa bo`ri, lekin u yovvoyiy o`rmonni o`zining vatani sifatida ko`radi. Doimo erkinlikka intiladi.Dunyoga mashhur bu asar, o'ylaymizki, didi nozik kitobxonlar e’tiborini o'ziga jalb eta oladi.
-
Буюрмаган бойлик
Абдурахмон Жўраев,Ҳикоя - жаҳон адабиётида бой тарихга эга оммабоп жанр. Ҳукмингизга хавола қилинаётган мазкур тўпламдан Нобель мукофотига сазовор бўлган машҳур адибларнинг ҳикоялари ўрин олган. Ҳикоялар ранг-баранг мавзуларда бўлишидан қатьи назар меҳр-мухаббат, эзгуликка ташналик, олийжаноблик, инсонпарварлик, эҳтиросларнинг жушкинлиги, бадиий пухталик каби фазилатлар уларни уйгунлаштиради. Жаҳон адабиётининг энг сара хикоялари сизда катта тассурот қолдиради, деб умид қиламиз.
-
Танланган асарлари
Ўткир Хошимов,Мазкур китобда ёзувчининг аллакачон ўқувчилар калбидан муносиб жой эгаллаган уч қиссасини " Қалбингга қулоқ сол". "Бахор қайтмайди." "Шамол эсаверади" жамлаган. Ушбу асардаги қахрамонлар биз билган таниган инсонлардир. Уларнинг орзуларию армонлари ташвиш ва изтироблари хам ўзимизники . Бир сўз билан айтганда . хаёт хақида.умр хақида гўзал манзаралардир.
-
Doktor Moro oroli
Herbert Uells,Ushbu asarda tabiat qonunlariga qarshi borib, inson va hayvonni jarohlik yo`li bilanbirlashtirish orqali yangi bir mahluq yaratishga axd qilgan yovuz olimning fojiasi butun dahshati bilan o`z ofodasini topgan.Yozuvchi asarda inson matonati , uning harqanday murakkab vaziyatdan ham o`z idroki orqali yo`l topgan.
-
Ko‘hna dunyo
Yoqubov, Odil,Adabiy tanqidchilikning bahosiga ko‘ra, Odil Yoqubovning «Ko‘hna dunyo» romanining markazida Ibn Sino hamda Beruniy taqdirlari, ular yashagan davr turadi. Muallifning xulosalari va umumlashmalari keng, shuning uchun tarixiy haqiqatga ajib dolzarb maʼno bag‘ishlaydi. Zamonlar osha qilingan sayohat teran falsafiy umumlashmalar chiqarishga imkon beradi. Romanda tasvirlangan barcha voqealar hujjatlar bilan cheklab qo‘yilmagan. Odil Yoqubov tarixni xuddi ko‘rib turadi, tarix bilan bahslashadi, zamondoshlarga uzoq o‘tmishdoshlarining tajribalaridan guvohlik berayotganday bo‘ladi. U tarixga bugungi davr nuqtayi nazaridan qaraydi.
-
Tushda kechgan umrlar
O'tkir Hoshimov,El mehrini qozongan adib, O'zbekiston xalq yozuvchisi O'tkir Hoshimovning ushbu asarida afg'on urushi voqealari, urush qatnashchilarining urushdan keyingi ruhiy kechinmalari asar qahramoni Rustam obrazi orqali yorqin tasvirlab berilgan.Asarni o'qigan kitobxon tinchlikning qanchalik buyuk ne'mat ekanligiga yana bir karra iqror boʻladi
-
Nur borki, soya bor
O'tkir Hoshimov,Nur borki, soya bor" romanida adib inson taqdiri, uning hayot va mamot o'rtasidagi oniy lahzalik davr mobaynida boshidan kechirgan tuyg'ularini yorqin bo'yoqlarda tasvirlab beradi. Jurnalist xalq dardi bilan yashaydigan haqparastlikni oziga shior qilib olgan.Ko`ngilga yaqin bu asar sizni yo`ylashga fikrlashga chorlaydi
-
Turmushning to’rt tirligi
O’kir Hoshimov,O'zbekiston xalq yozuvchisi Ottkir Hoshimovning asarlari xalqimiz tomonidan sevib mutolaa qilinadi. Buning boisi adib asarlarining hayotiyligi, tilining jozibadorligida Qo'lingizdagi to plamdan O'tkir Hoshimovning "Kvazarlar'' qissasi, ,,Umr savdosi'', ,,Nimadir bo'ldi', ,, Hotam xasısnıng xazinasi'',,Hurkitilgan tush" kabi bir qator sara hikoyalari o'rin olgan.
-
Амир Темур Салтанати
Люсьен Керен,Соҳибқирон Амир Темур ва унинг жахон тарихида тутган ўрни ҳақида Францияда ўнлаб тарихий-бадиий ва илмий асарлар яратилган. Мазкур асар 1980 йилда Париждаги "Пайот" нашриёти томонидан нашир қилинган. Шундан сўнг яна бир нечта бор қайти-қайти босимлар бу роман Самарқанд тарихи билан бошланиб, Амир Темурнинг дунёга келишидан умрининг охиригача босиб ўтган хаёт йўлини қамраб олади.
-
Yulduzli tunlar
PIRIMQUL QODIROV,«Yulduzli tunlar» dunyoga mashhur o'zbek hukmdori, atogli shoir, o'z davrining qomusiy bilimlari bilimdoni Zahiriddin Muhammad Bobur hayotiga bag'ishlangan asar. Asarda shoir va shoh Bobur hayotini tasvirlash muhim o'rin tutadi. «Yulduzli tunlar» keng hamrovli asardir. Unda Boburning shaxsiy xislatlari, oilaviy hayoti onasi Qutlug' Nigor xonimga chin farzandlik tuyg'usi, opasi Xonzodabegimga inilik, farzandlaridan Humoyun va Gulbadanga otalik mehri, birinchi umr yo'ldoshi Oyshabegim bilan o'tkazgan ko'ngilsiz damlar dramasi, Mohim bilan g'aroyib tanishuv daqiqalari, Mohimning Boburga cheksiz sadoqati, Panipat jangida halok bo'lgan Ibrohim Lodining onasi Malika Bayda (u Boburni zaharlashga erishgandan so'ng, ikki raqib ro'para keladi
-
-
-
Болалик хотираларим
Ойбек,Атоқли ўзбек ёзувчиси Муса Тошмуҳаммад ўғли Ойбек турфа воқеаларга бой, машаққатли ва айни пайтда ажойиб ҳаёт йўлини босиб ўтган.
-
Ойдинлик
Матназар Абдулхаким,Шеърият — руҳият йўли. Сўз-азоб. Сўз — жисм қудуғидан омон чиқа олган Рух. Сўз — имконият. Шоир Матназар Абдулҳаким с ўз масъулиятини чуқур англаган. У шунчаки шеърий мисралар тизмайди. Баъзида кўйгин ва латиф, баъзида аччиқ ва совуқ туюлгаи сўзлар ортида бедордил шоир шахсияти кўринади. Сиз унинг самимий сўзларига шубҳа қилмайсйз.
-
Yaxshilar yo`qatmaydi yo`qotiladi
Sada Ero`gli,Ushbu asarda "Kechirish va unutish yaxshi insonlarning intiqomdir "Avval bo'lmaydi deganlaringiz bo'ladi. Keyin ketmaydi deganlaringiz ketadi. Eng oxirida, o'lmaydi deyishga qo'rqqanlaringiz o'ladi. Huddi tortayotgan har bir azobingiz avvalgisidan o'zishga harakat qiladi. Ularning har biri yelkangizdan joy egallaganida, yengilishingizni kutayotgan bir dushmandan farqi qolmaydi. Bu hayotning kuchingizni sinash shaklidir.
-
Сичқонлар ва одамлар
Жон Стейнбек,Ушбу асарда мавсумийдала ишчилари -аклли Жорж Милтон билан унинг кучли, аммо ақли бироз заиф хамрохи Ленне Смоллнинг хаётидан қисқача хикоя қилинади. Кичик ер сотиб олиб.оддий инсонлар каби яшаш хаёли билан завк топадиган икки инсон хикоясида дўстлик ва бирдамлик туйғуси мухим ўрин тутади.