-
-
-
Kompozit armaturalarni mexanik xususiyatlarini aniqlash va ularni oldindan zo'riqtirilgan konstruksiyalarda qo'llash
Axmedov Barhayot Boratboy o'g'li,Arxitektura, -
-
Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 1-qism
N.Bozorboyev, X.I.Yusupov, R.A.Narov, A.M.Ilmuradov, V. Rasulov, B.T.Xushnazarov, F.N.Bozorboyev, I.N.Salimova,Arxitektura, -
-
-
Arxitektura,
-
-
-
-
-
-
-
Arxitektura,
-
-
Архитектура ва шаҳарсозлик тарихи "Қадимги дунё ва ўрта асрлар даври архитектураси"
Мирюсупова М.Х.,Arxitektura, -
-
-
-
Gidrotexnika ishlarini bajarish
O'.Xusanxodjaev. G.Davronov, I.Axmedov,Mazkur darslikda gidrotexnika qurilishiga oid bo`lgan ish turlari va ularni bajarish to`g`risidagi ma`lumotlar yozilgan. Kitobda fan bo`yicha umumiy ma`lumotlar yer beton temir beton yig`ish gidroizolyatsiya o`zan rostlash va boshqa ishlar hamda qurilish transportini tashkil qilish haqida materiallar berilgan.
-
Биноларнинг энергия самарадорлик инженеринги
Э.С.ТУЛАКОВ,Ўқув қўлланма 5340200 – “Бино ва иншоотлар қурилиши” бакалавриат таълим йўналишининг ўқув режасидаги “Биноларнинг энергия самарадорлик инженеринги” фанининг дастурига мувофиқ тайёрланган. Унда маҳаллий ва хорижий стандартларига ҳамда энергия истеъмоли меъёрларига мувофиқ кам қаватли энергия тежамкор уй қуриш ва реконструкция қилиш бўйича амалий тавсиялар ва илмий-услубий маслаҳатлар умумлаштирилиб тизимлаштирилган. Энг қулай яшаш шароитига эга бўлган коттежлар ва уйжойларни қуриш бўйича архитектуравий-режалаштириш ва муҳандислик ечимлари кўриб чиқилган. Девор ва томларнинг иссиқлик изоляцияси, гермитиклаш, буғизоляция ва гидроизоляция, энергия тежайдиган ойналарни ўррнатиш, пойдевор ва ертўлани музлашдан ҳимоя қилиш, деворларнинг изоляцияси ва бошқалар кўриб чиқилган.
-
Kompozit armaturalarni mexanik xususiyatlarini aniqlash va ularni oldindan zo'riqtirilgan konstruksiyalarda qo'llash
Axmedov Barhayot Boratboy o'g'li,Ushbu monografiyada kompozit polimer armaturani me'yoriy xujjatlar talablarini inobatga olgan holda fizik-mexanik xususiyatlarini aniqlash, armaturani oldindan zo'riqtirilgan konstruksiyalarda qo'llash uchun anker qurilma ishlab chiqilgan. Kompozit aramatura bilan armaturalangan oldindan zo'riqtirilgan beton ustunlaming yoriqbardoshligi va deformatsiyalanishi, ularni qisqa vaqtli va qayta yuklashdagi mustahkamligi, armatura va betondagi defonnatsiyalar tahlili to'liq yoritib berilgan. Monografiya ushbu sohada tadqiqotlar olib borayotgan ilmiy xodimlar va talabalar uchun mo'ljallangan.
-
Архитектура физикаси
М.К.Турдалиева, Ж.О.Хасанов,“Архитектура физикаси” (“Қурилиш иссиқлик техникаси” бўлими) фанидан ҳисоб-график ишларни бажариш учун ишлаб чиқилган. Ташқи тўсувчи конструкцияларни лойиҳалаш учун норматив талабларни ҳисобга олган ҳолда мисоллар келтирилган. Услубий қўлланма “Қурилиш” кафедрасида тайёрланган бўлиб, 60730300 “Бино ва иншоотлар қурилиши” таълим йўналиши бўйича таҳсил олаётган талабалар учун мўлжалланган.
-
Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 1-qism
N.Bozorboyev, X.I.Yusupov, R.A.Narov, A.M.Ilmuradov, V. Rasulov, B.T.Xushnazarov, F.N.Bozorboyev, I.N.Salimova,Darslikning 1-qismida sanoat va fuqaro bino va inshootlarini barpo etishning nazariy asoslari, usullari va yo‘llari berilgan. Ketma-ket ravishda qurilish texnologiyalarining umumiy masalalari, yer osti inshootlarini barpo etish, zavodda tayyorlangan konstruksiyalardan binolarni barpo etish texnologiyasi (bir qismi) berilgan.
-
Инженерное оборудование жилых зданий
Э.У. Ямлеева,Учебный практикум включает общие сведения, состав, принципы работы, область применения, теоретические основы и практические методики, рекомендации по проектированию систем холодного и горячего водоснабжения, канализации, газоснабжения, отопления, вентиляции и кондиционирования зданий с примерами решения задач. В практикуме приводятся задачи для самостоятельного решения с исходными данными по вариантам. Учебный практикум предназначен для студентов, обучающихся по направлениям 08.03.01 «Строительство», 07.03.03 «Дизайн архитектурной среды».
-
Инженерные сети и оборудование
А. А. Кондаковой,Приведены темы изучаемого курса, лекционных и практических занятий, их объем в часах, изложены основы проектирования, строительства и эксплуатации систем водоснабжения и водоотведения зданий, отдельных объектов и населенных пунктов. Представлены конспект лекций, методические указания к практическим занятиям, методические указания к выполнению курсовой работы и вопросы для самоконтроля.
-
Shaharsozlik yodgorliklarini qayta qurish
Po'latov X.Sh, Mamatmusaev T.Sh,Mazkur o'quv-uslubiy majmuada turar-joy tumani va kichik tumanning arxitekturaviy-rejaviy strukturasini shakllantirish asoslari bo'yicha nazariy bilimlar berilgan. Shu bilan birga ularni ko'kalamzorlashtirish va obodonlashtirish, yashash muhitini shakllantirishning kompozitsion usullari ko'rib chiqiladi.
-
Shaharsozlik tarixi
Po'lalov X.,Qo'llanmada jahon shaharsozligi tarixi davrma-davr yoritilgan. ()‘rta Sharq mamlakatlari, xususan, O‘rta Osiyo shaharsozligi o‘z o'rnini munosib ravishda olinishiga alohida e’tibor berilgan. Xronologik jihatidan ibtidoiy zamondan XX asrning ikkinchi choragi- gacha bo'lgan davrni qamrab olgan.
-
Меъморий шаклларни уйғунлаштириш ва безаш
Ўролов А.С.,Меъморий обидалар ва гўзал иншоотларни кўриб хайратга тушамиз. Чунки уларнинг шаклий тузилишидаги махобатлилик, уйғунлик ва мунаккашлик бизни ўзгача нафосат олами ва гўзаллик дунёсига етаклайди. Хўш, бу гўзалликнинг мазмун-моҳияти, мўъжизакор меъморчилик санъатининг сир-асрорлари нимада? Уларга эришишнинг кандай услублари мавжуд? Қўлингиздаги дарслик нафакат меъморларни, балки хар бир инсонни қизиқтирувчи ушбу саволларга жавоб беришга, мъморий гўзаллик сирлари ва услубларини ёритишга, улардан ижодий фаолият ва амалиётда фойдаланиш йулларини кўрсатиб беришга қаратилган.
-
Меъморий ёдгорликлар безагини таъмирлашда ашёда ишлаш
Жониева И.Ё,Ўзбекистоннинг архитектура ёдгорликлари инсоният жамияти ривожининг бошланғич даврида юзага келган, инсонларининг амалий талаб ва эхтиёжларини қондириш зарурияти туфайли юзага келган, халқнинг асрий маданияти тимсоли, меъморлар тажрибасининг хазинаси, усталар истеъдодининг ифодасидир.
-
Архитектурная типология зданий и сооружений
С.Г.Змеул, Б.А.Маханько,Даны основные характеристики и классификация производственных, жилых и общественных зданий и их элементов, общие требования к наиболее распространенным типам и видам зданий и сооружений, определены их роль и место в градостроительной и природной среде. Показано влияние строительной техники, методов строительства и научно-технического прогрессана архитектуру зданий. Для студентов высших учебных заведений, обучающихся по направлению и специальности архитектура.
-
Turar-joy binolarini loyihalash
М.Абдужаббарова,Ushbu o'quv qo'llanmada kam, o'rta va ko'p qavatli turar-joy binolarini loyihalashning umumiy qoidalari, arxitektura bilan uzviy bog'lanish jarayoni ko'rsatib berilgan. Turar-joy binolarining tipologiyasi, ularni umumiy muammolari, uy-joy qurish masalalari, uy-joylarning turlari (klassifikatsiyasi), xonadon va uning tarkibi hamda funksional-texnologik bog'liqligi yoritilgan bo'lib, bunda jamiyat taraqqiyoti, iqlim sharoiti, aholining demografiyasi, funksional joylashish vazifasi, yechimi, tashqi ko'rinishiga ta'siri ko'rsatilib, ularni asoslab berilgan.
-
JAMOAT BINOLARINI LOYIHALASH
S.A.Qodirova.,Ushbu o'quv qo'llanmada jamoat binolarini loyihalashning umumiy qoidalari, arxitektura bilan uzviy bog'lanish jarayoni ko„rsatib berilgan. Barcha jamoat bino va inshootlarining arxitekturasiga universal quyidagi: ijtimoiy, iqtisodiy, mafkuraviy, ekologik, shaharsozlik, funksional, kompozitsion, hajmli – rejali, konstruktiv, me‟moriy-badiiy omillar ta‟siri keng yoritilgan. Mazkur o'quv qo'llanma 5340100 – “Arxitektura” ta‟lim yo„nalishining o„quv rejasi va dasturiga muvofiq keladi, oliy arxitektura maktabida o'qitiladigan nazariy va amaliy materiallarni o„z ichiga olib, “Turar joy va jamoat binolarini loyihalash” faoliyatini o„rganishda tavsiya etiladi.
-
ARXITЕKTURAVIY KОMPОZITSIYA VA LОYIHALASH ASОSLARI
A.O`RОLОV, A.RAHIMОV, B.SAIDОVA,Mazmunan va mantiqan o`zarо bоg’langan, bir-birini to`ldiruvchi uchta fan "Arhitеkturaviy kоmpоzitsiya", "Arhitеkturaviy grafika" va "Arhitеkturaviy lоyixalash asоslari" fanlaridan yahlit bir uyg’un umumlashgan ilmiy-uslubiy o`quv adabiyoti shu chоqqacha yaratilmagan. Mazkur qo`llanma ushbu bo`shliqni to`ldirishga, bu fanlarning mazmunmоxiyatini, ularga hоs umumiylik va hususiylikni оchib bеrishga, mе’mоriy va badiiy ijоd jarayonida kоmpоzitsiyalar va lоyixalar ustida ishlash, ularni grafik tasvirlash, mе’mоriy-badiiy, kоmpоzitsiyaviy va grafik vоsitalardan samarali fоydalanishning malakaviy sir-asrоrlarini talabalarga o`rgatish va tushuntirishga qaratilgan. Qo`llanmada arhitеktura va kоmpоzitsiya xaqida umumiy ma’lumоtlar, arhitеkturaviy kоmpоzitsiyaning turlari, badiiy vоsitalari, arhitеkturaviy grafika va uning tasviriy uslublari, mе’mоriy chizmalar va bоshlang’ich o`quv lоyixalari ustida ishlashning uslubiy qоnuniyatlari bayon qilingan. Ilk bоr оstоna va badiiy tugallik kоmpоzitsiyalari xaqida fikr yuritilgan. Talabalarga o`z ijоdiy lоyixalarini ximоya va taxlil qilish asоslari xam оchib bеrilgan.
-
Архитектуравий лойиҳалаш асослари
Ш.Р. Бобоёрова, Р.Б. Абдураҳимов,Ушбу ўқув қўлланмада архитектуравий лойиҳалаш асослари фанининг назарияси, яъни фаннинг маъруза ва амалий машғулот дарсларида ўтиладиган билимлар батафсил ёритилган.
-
Архитектура ва шаҳарсозлик тарихи "Қадимги дунё ва ўрта асрлар даври архитектураси"
Мирюсупова М.Х.,Ўқув қўлланма икки бўлимдан иборат. Биринчи бўлимда қадимги дунё меъморчиги, иккинчи бўлимда эса ўрта асрлар меъморчиги ёритилади. Китобда муаллиф муҳим архитектуравий ҳодисаларни таниқли иншоотларга тааллуқли маълумотларни беради.
-
Arxitektura va shaxarsozlik tarixi
X.Sh.Po'latov,Ushbu o'quv qo'llanma arxitektura yo'nalishida ta'lim olayotgan talabalarga mo'ljallangan bo'lib, arxitektura va shaharsozlik tarixi bo'limiga kiruvchi "Uyg'onish davri arxitekturasi" ni aks ettiradi.
-
Arxitektura tarixi
Xidirov M.,Qadim zamonlardan boshlab dunyo madaniyati tarixi arxitektura taraqqiyoti bilan bevosita bog'liqdir. O'quv qo'llanmada eng qadim zamonlarda arxitekturaning kelib chiqishidan boshlab to zamonaviy arxitektura shakllanishgacha bo'lgan davr arxitekturasi taraqqiyoti qisqacha bayon qilingan. Mazkur qo'llanma ushbu sohadagi dastlabki ishlardan bo'lib, ayrim kamchilik va nuqsonlardan xoli bo'lmasligi tabiiydir.
-
Landshaft dizayni studiya 6.
Baikulova N.A.,“LANDSHAFT DIZAYNI STUDIYA 6” fani tabiiy va sun’iy muhit elementlarini uyg‘unlashtirib, estetik, ekologik va funksional jihatdan mukammal tashqi makonlarni yaratishni o‘rgatuvchi fan hisoblanadi. Ushbu fan landshaft arxitekturasi, ekologiya, urbanistika va dizayn yo‘nalishlari kesishgan sohada joylashib, hududning tabiiy resurslari, relyefi, o‘simliklar qoplami, suv manbalari va iqlim sharoitlarini tahlil qilish orqali optimal rejalashtirish yechimlarini ishlab chiqishni o‘rgatadi. Landshaft loyihalashda asosiy maqsad inson faoliyati bilan tabiat o‘rtasida muvozanatni saqlagan holda, qulay yashash va dam olish hududlarini tashkil etishdir. Fan landshaft kompozitsiyasi, ekologik barqarorlik, dizayn metodlari, o‘simliklar joylashuvi, muhitni obodonlashtirish va landshaftni boshqarish tamoyillarini o‘rgatadi. Bu fan landshaft arxitekturasi, arxitektura, shaharsozlik, dizayn, ekologiya, bog‘dorchilik, turizmni tashkil etish va atmosfera muhitini boshqarish kabi mutaxassisliklar uchun zarurdir. Mazkur darslik Dizayn (landshaft dizayni) ta’lim yo‘nalishi davlat ta’lim standartlari va fan dasturi talablariga moslangan holda tayyorlandi. Дисциплина «ДИЗАЙН ЛАНДШАФТА СТУДИЯ 6» изучает создание гармоничных внешних пространств, объединяющих природные и искусственные элементы, обеспечивая их эстетическое, экологическое и функциональное совершенство. Эта наука находится на пересечении ландшафтной архитектуры, экологии, урбанистики и дизайна, обучая анализу природных ресурсов территории, рельефа, растительного покрова, водных источников и климатических условий с целью разработки оптимальных проектных решений. Основная цель ландшафтного проектирования сохранить баланс между деятельностью человека и природой, создавая комфортные зоны для проживания и отдыха. Дисциплина охватывает изучение ландшафтной композиции, экологической устойчивости, методов дизайна, размещения растений, благоустройства и принципов управления ландшафтом. Этот курс необходим для таких специальностей, как ландшафтная архитектура, архитектура, градостроительство, дизайн, экология, садоводство, организация туризма и управление атмосферной средой. Учебник подготовлен в соответствии с требованиями государственных образовательных стандартов и учебной программы по направлению «Дизайн (ландшафтный дизайн)». The subject “LANDSCAPE DESIGN STUDIO 6” teaches how to create harmonious outdoor environments that combine natural and artificial elements in an aesthetically, ecologically, and functionally balanced way. This discipline lies at the intersection of landscape architecture, ecology, urban studies, and design, focusing on analyzing natural resources, relief, vegetation cover, water sources, and climatic conditions to develop optimal planning solutions. The main goal of landscape design is to maintain harmony between human activity and nature while creating comfortable spaces for living and recreation. The course covers landscape composition, ecological sustainability, design methods, plant placement, environmental improvement, and landscape management principles. This subject is essential for specialties such as landscape architecture, architecture, urban planning, design, ecology, horticulture, tourism management, and environmental control. The textbook has been developed in accordance with the state educational standards and curriculum requirements for the “Design (Landscape Design)” program.