-
-
Arxitektura,
-
-
-
Arxitektura,
-
-
-
Arxitektura,
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Arxitekturaviy loyihalash
Xasanov Azamat,O'quv qo'llanmada kam qavatli turar-joy binolarini loyihalashning umumiy qoidalari,arxitektura bilan uzviy bog'lanish jarayoni ko'rsatib berilgan
-
Zamonaviy jihozlash va interyer
Hidoyatov, A.Kadirova, Y.I.Abdurahmanov,Darslikning mazmuni talabalar oldidagi funksional tashkil etish qonuniyatlarini va ichki fazoviylikning maqsadli rangda bezatilishini hamda zamonaviy estetik nuqtai nazardan ochishni tushuntirib beradi
-
Қурилиш механикаси
Қ.С.Абдурашидов, Б.А.Ҳобилов,Қурилиш механикаси фани иншоотларнинг мустахкамлиги, устуворлиги ва бикирлиги масалалари билан шуғулланади. Мазкур дарсликда қурилиш механикасининг асосий муаммолари тўлалигича уз аксини топган.
-
Qalamtasvir
Bobomurotov Z.,Ushbu o‘quv metodik qo‘llanma arxitektor, dizayn, landshaft arxitekturasi mutaxassislari tayyorlanadigan institut talabalari va kollej o‘quvchilariga mo‘ljallangan. Qo’llanma qalamtasvir ishlashda turli xil badiiy materiallardan foydalanish va ularni amaliy ishlarda qo‘llash imkoniyatlarini ochib beradi. huningdek, qalamtasvirni suyuq holda ishlatiladigan badiiy materiallar hamda tush-pero, sangina, guash va rangli qalamlar yordamida bajarish yuzasidan ham ayrim tavsiyalar berilgan. Qo‘llanmada talabalarning mustaqil ijodiy qalamtasvir ishlashlarida turli xil badiiy materiallardan samarali foydalanishlari mumkinligi borasida ayrim fikr-mulohazalar bildirilgan va kerakli tavsiyalar berilgan.
-
Zilzilabardoshlik va qurilish materiallari
To`laganov A.A, Vaxitov M.M, Fisher X.B,O`quv qo`llanmada zilzila va uning inshootlarga ta`siri, zilzilabardoshlikning nazariy asoslari va ularni qurilish amaliyotida qo`llash, inshootlarni seysmik ta`sirlarga amaldagi me`yorlar asosida hisoblash, qurilish materiallari, konstruksiyalari va inshootlarning dinamik xarakateristikalari, bino va inshootlar seysmobardoshligini ta`minlashning konstruktiv yo`llari, zilziladan shikastlangan bino va inshootlarni qayta tiklash usullari.
-
Shaharsozlik asoslari va landshaft arxitekturasi
D.U.Isamuxamedova,Ushbu darslik arxitektura ta ’limi yo6nalishi talabalari uchun «Landshaft arxitekturasi» fani bo‘yicha yozilgan. Bu fan ikki qismdan iborat bo'lib, birinchi qismda landshaft arxitekturasining evolutsion tarixi, ya’ni genezisi ~ qadimiy bog'dorchilikdan XX asr boshining bog4-park san’ati va landshaft arxitekturasigacha ochib berilgan. Ikkinchi qismda landshaft arxitekturasining zamonaviy rivojlanishi va talablari yoritilgan. Ushbu kitob arxitektura, shaharsozlik, landshaft arxitektura, dizayn, shahar va qishloq xo'jaligi qurilishi va boshqa kollej, litsey, bakalavriatura, magistratura talabalari, arxitektorlar, qurilish injenerlari, yer shakllantirish mutaxassislari va barcha landshaft arxitekturasi bilan qiziquvchilarga moijallangan.
-
Shaharsozlik asoslari va landshaft arxitekturasi
D.U.Isamuxamedova,Ushbu «Shaharshunoslik arxitekturasi va landshaft arxitekturasi» darsligi ikki qismdan iborat bo‘lib, birinchi «Shaharsozlik asoslari» qismida shahar aholisini joylashtirish tamoyillariga asosiy tushuncha va ma’lumotlar keltirilgan. Tumanlarni rejalashtirish, sxema va loyihalarini ishlab chiqishda asosiy sharoitlar lozimligi yoritilgan hamda urbanizatsiya muammolari ko‘rib chiqilgan. Shaharni arxitekturaviy kompozitsiyasi, rejalashtirishni tashkil etish va boshqa masalalar bo‘yicha atroflicha fikr yuritiladi.
-
Qurilish materiallari texnologiyasi
T.A.Otaqo'ziyev, Z.A.Muxamedbayeva, A.A.Muxamedbayev,Darslikda ohak, gips, magzial bog'lovchi materiallar, turli sementlar, xrizotil va ishlab chiqarish texnologiyasi asosida ishlab chiqarilgan mahsulotlar listlari, ishlab chiqarish texnologiyasi uchun ishlab chiqarilgan mahsulotlar. Bog'lovchi materiallarning, sirtni sementning qotishida ro'y ishlab chiqarish talqin qilingan. Qurilish materiallariga taalluqli fizik-mexanik xossalari, ularni ishlab chiqarish sohalari yoritilgan. Darslik "Qurilish materiallar texnologiyalari" 5320400 "Kimyoviy texno-logiya (qurilish materiallarini ishlab chiqarish) bo'yicha" yo'nalishda ta'lim olayotgan talabalar va 5A320305 "Kimyoviy ishlab chiqarish va qurilish materiallarini ishlab chiqarish mashinalari hamda apparatlari", 5A320404- "Silikat va qiyin eriydigan nometall materiallar texnologiya" magistratura mutaxassisligi talabalari uchun mo'ljallangan. Qurilish materiallari ishlab chiqarishning malakali tayyorlaydigan oliy o'quv yurt talabalari uchun darslik "yurt talabalari uchun darslikga imkon beradi.
-
Arxitektura yodgorliklarini ta'mirlash
X.Sh.Po'latov,Ushbu darslik “Arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash” nomi bilan atalgan, alohida-alohida o'qitiladigan nazariy va amaliy fanlarni o'rganishga mo'ljallangan.
-
Me'morchilik 2-qism
SH.R.Mirzayev, M.M.Vaxitov,Darslikning | qismi (Me'morchilik tarixi)ikki bo'limdan iborat bo'lib,1-bo'limda jahon me'morchilik tarixi,2-bo'limda O'zbekiston milliy me'morchilik tarixi masalalari bayon etilgan.
-
Me'morchilik 1-qism
M.M.Vaxitov, Sh.R.Mirzayev,Ushbu me’morchilik 1 qismi darsligi 2 bo‘limdan iborat bo‘lib, birinchi bo‘limda jahon me’morchilik tarixi, ikkinchi bo‘limda esa O‘zbekiston milliy me’morchilik tarixi masalalari keng yoritilgan.
-
Rangtasvirda yorug'lik va rang
Gilmanov N.V.,Muallifning ijodiy ishlari yorug'lik va ranglar qonuniyatlarini qidirish sifatida tasvirlangan.Rangtasvir bo'yicha olib borilgan mashg'ulotlarda bajarilgan ishlar taqdim etilgan.
-
BINO VA INSHOOTLAR TIPOLOGIYASI
SH.X.Yunusov,Ushbu qo'llanma past, o'rta va yuqori qavatli binolarni loyihalash jarayonining umumiy qoidalari va tipologiyasi bayon qilingan.
-
Турар-жой ва жамоат биноларини лойиҳалаш
М.Т. Абдужабборова,Ушбу дарслик икки қисмдан иборат бўлиб, дарсликнинг биринчи қисмида турар-жой бинолари лойиҳалашнинг умумий қоидалари, архитектура билан узвий боғланиш жараёни кўрсатиб берилган
-
Жамоат биноларини лойиҳалаш
Қодирова С.А,Ушбу дарслик икки қисмдан иборат бўлиб, дарсликнинг биринчи қисмида турар-жой бинолари лойиҳалашнинг умумий қоидалари, архитектура билан узвий боғланиш жараёни кўрсатиб берилган. Иккинчи қисмида жамоат биноларини лойиҳалашнинг умумий қоидалари, архитектура билан узвий боғланиш жараёни кўрсатиб берилган.
-
Замонавий бино ва иншоотларни лойиҳалаш
Б.И.Иноғамов,Ушбу ўқув қўлланма “Архитектура” йўналиши бўйича замонавий бино ва иншоотларини лойиҳалашда таъсир этувчи шаклланиш омиллари, янги технологик жараёнлар, конструкция ва материаллар,замонавий архитектуравий йўналишларни ўз ичига олади.
-
Shahar injenerlik inshootlari
Raximov B.X., Kasimova S.T., Shadjalilov Sh.,Darslik qurilish oliy o`quv yurtlari talabalari uchun yozilgan bo`lib, ularda injenerlik inshootlarining konstruksiyalari, transport inshootlari, shahardagi daryo bo`ylari, garajlar va avtomobil to`xtash joylari, minora, sport inshootlari, bozorlar va boshqa injenerlik obyektlari to`g`rida ma`lumot berilgan.
-
Биноларнинг энергия самарадорлигини ошириш
Махмудов С.,Ушбу дарслик “Биноларнинг энергия самарадорлигини ошириш” фани асосида яратилган бўлиб, унда биноларнинг лойиҳаланиши, қурилиши ва фойдаланишида энергия харажатларини камайтириш йўллари ҳамда замонавий усуллар ёрдамида Республика ҳудудида биноларнинг энергия самарадорлигини ошириш билан боғлиқ қурилиш меъёрлари ва қоидалари, илмий тадқиқотлар ва амалий масалаларни, 5А340201-“Бино ва иншоотлар қурилиши (энергия самарали бинолар)” мутахассислиги бўйича магистрлар, мустақил фаолиятида таҳлилий ёндошиш кўникмалари ҳосил қилишга зарур бўладиган ахборатлар билан таъминланган.
-
Бино ва иншоотларнинг техник хавфсизлиги
Хотамов А.,Мазкур услубий кўрсатма бино ва иншоотларнинг техник хавфсизлиги бўйича уларга қўйиладиган асосий талабларни ўрганишда магистрантларга услубий кўрсатма сифатида тавсия этилмоқда.
-
Temirbeton va tosh konstruksiyalari
Usmanov V. F.,Darslikda temirbeton va tosh konstruksiyalari uchun ishlatiladigan materiallarning fizikmexanik xarakteristikalari; temirbeton va tosh konstruksiyalarini chegaraviy holatlar bo'yicha hisoblashning nazariy asoslari; yassi temirbeton orayopmalar, poydevorlar, bir qavatli sanoat binolari, ko'p qavatli sanoat va grajdan binolari konstruksiyalarini loyihalashning umumiy jihatlari; temirbeton konstruksiyalari elementlarini loyihalashning amaliy masalalari yechimi; laboratoriya ishlarini bajarish bo'yicha ko'rsatm alar va kurs loyihasini bajarish tartibi keltirilgan. Darslik temirbeton va tosh konstruksiyalarini loyihalash bo'yicha amaldagi me’yoriy hujjatlar asosida tayyorlangan.