-
Arxitektura,
-
Arxitektura,
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Arxitektura,
-
-
Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 2-qism
N.Bozorboev, X.I. Yusupov, R.A. Narov, A.M. Ilmuradov, V. Rasulov, B.T. Xushnazarov, F.N. Bozorboev, A.T.Ilyasov,Arxitektura, -
Zаmonaviy shaharsozlik nazariyasi
ISAMUHAMEDOVA DILOROM UCHQUNOVNA , MIRZAYEV MURAT KUSHATOVICH,Arxitektura, -
-
Arxitektura,
-
-
Arxitekturaviy kompozitsiya va loyihalash asoslari
A. O'rolov, A.Rahimov, B.Saidova.,Arxitektura, -
-
Ўрта Осиё архитектура ёдгорликларининг типологик асослари
А. Ўролов, T.Қодирова,Қўлланмада Ўрта Осиёнинг ўтмишдаги таълим - тарбия, илм - фан масканлари, диний иморатлар, даволаш ва шифобахш - гигиеник муассасалар, савдо иншоотлари ва бозорлар тарихи, уларнинг меъморчилиги, тўлиқ ва яхлит типологияси баён этилган
-
Arxitektura shakllarini uyg‘unlashtirish va bezash
A.S.Uralov, T.SH.Mamatmusayev.,Me’moriy obidalar va go‘zal inshootlarni ko‘rib hayratga tushamiz. Chunki, ularning shakliy tuzilishidagi mahobatlilik, uyg‘unlik va munaqqashlik bizni o‘zgacha nafosat olami va go‘zallik dunyosiga yetaklaydi. Xo‘sh, bu go‘zallikning mazmun - mohiyati, mo‘jizakor me’morchilik san’atining sir - asrorlari nimada? Ularga erishishning qanday uslublari mavjud? Qo‘lingizdagi darslik nafaqat me’morlarni, balki har bir insonni qiziqtiruvchi ushbu savollarga javob berishga, m’moriy go‘zallik sirlari va uslublarini yoritishga, ulardan ijodiy faoliyat va amaliyotda foydalanish yo‘llarini ko‘rsatib berishga qaratilgan.
-
Perspektiva
Xo'janiyozov Sh.R,Mazkur o'quv qo'llanma 60730100-Arxitektura (turlari bo'yicha), ta'lim yo'nalishi talabalar uchun mo'ljallangan. O'quv rejada fanning nomi "Chizma geometriya va perspektiva" bo'lib "Perspektiva" bo'limi bo'yicha tayyorlangan, malaka talablari va fan dasturiga to'liq mos keladi. Shuningdek, qoʻllanmada egallanishi lozim bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalarini shakllantirish bo'yicha ma'lumotlar yig'ilgan bo'lib 190 betdan tashkil topgan.
-
Interyer loyihalash va arxitekturaviy grafika
G'.A.Zoyirov,Kadrlar tayyorlash milliy modelida Oliy ta‘lim maxsus o'rin egallaydi, hamda uzluksiz ta‘lim tizimining mustaqil turi hisoblanadi. Oliy ta‘limning maqsadi Respublikamizning ijtimoiy – iqtisodiy va madaniy rivojini ta‘minlashga, o'zi tanlagan mutaxassislik bo'yicha bozor iqtisodiyoti sharoitida mustaqil ishlashga layoqatli, yuqori malakali, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashdan iboratdir. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida oliy ta‘lim oldiga qo'yilgan vazifalarning ijrosi sobiq Sho'rolar davridan qolgan munosabatlarga chek qo'yadi.
-
Архитектуранинг махсус масалалари
Шукуров Ғ.Ш.,Ушбу ўқув қўлланмада бино ва иншоотлар ҳамда уларнинг ташқи тўсиқ конструкцияларини иссиқлик-физик жиҳатдан лойиҳалашнинг назарий асослари ёритилган. Биноларда мажбурий микроиқлим яратишнинг назарий услублари баён этилган.
-
Архитектуравий конструкциялаш
Юсупов Р.А.,Архитектуравий конструкциялар фани бошқа техник фанлар билан ҳам ўзаро боғлиқдир, айниқса "Архитектуравий материалшунослик", "Асос ва заминлар", "Темирбетон конструкциялари" ва ҳ.к. фаннинг назарий асослари ва принциплари икки семестрга мўлжалланган.
-
Arxitektura falsafasi
M.B.Setmamatov,Mazkur o'quv qo'llanmadan magistrantlar, bakalavrlar, tadqiqotchilar, shuningdek, estetika va falsafa tarixi sohalari mutaxassislari foydalanishlari mumkin.
-
Лойиҳалаш асослари
А.Р. Халилова,Ушбу ўқув-услубий қўлланма 5341300 – Коммунал инфратузилма ва уй-жой коммунал хўжалигини ташкил этиш ва бошқариш, 5111000 – Касб таълими (5610100 – Хизматлар соҳаси (уй-жой, коммунал ва маиший хизматлар)) таълим йўналишларии 3 курс талабалари учун мўлжалланган.
-
Bino va inshootlar tipologiyasi
Sh.X.Yunusov,Ushbu o'quv qo'llanmada past, o'rta va yuqori qavatli binolarni loyihalash jarayonining umumiy qoidalari va tipologiyasi bayon qilingan. Jamoat va turar-joy binolari tipologiyasi, xonadon turlari, ularning tarkibi, asosiy tushunchalar hamda binolarni loyihalashning ijtimoiy, iqlimiy va demografik xususiyatlari keltirilgan.
-
Beton texnologiyasi 1 qism
H.A.Akramov, H.N.Nuritdinov,O`quv qo`llanmada beton va temir-beton buyumlarni tayyorlashda ishlatiladigan beton turlari va xususiyatlari, beton qorishmasini tayyorlash uchun ishlatiladigan materiallar, ularning sifati, tarkibini hisoblash, beton qorishiasining xossalari va ularga ta`sir еtuvchi omillar batafsil tahlil qilingan.
-
Uy-joy fondini boshqarish
Rahimov Q.E,Mazkur darslikda Prezident Sh.M.Mirziyoyev tashabbusi bilan mamlakat uy-joy sohasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, xususan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” hamda aholini uy-joy bilan ta’minlash borasidagi dasturlar ijrosi, shuningdek uy-joy fondini boshqarishda Germaniya, Rossiya va Latviya kabi davlatlar tajribalari oʻrganilgan.
-
Loyihalash asoslari (Fuqaro va sanoat binolarini loyihalash asoslari)
Miralimov M.M,Ushbu dаrslikning mаqsаdi–tаlаbаlаr binоlаrni lоyihаlаsh аsоslаri vа qurish mеtоdikаsi hаmdа zilzilаviy hududlаrdа turаr-jоy, jаmоаt vа sаnоаt binоlаrining turli хil turlаrini ishlаb chiqishdа vujudgа kеlаdigаn аsоsiy mаsаlаlаrning mе’yoriy tаlаblаri vа ulаrni lоyihаlаsh mеtоdlаri bilаn tаnishtirishdаn ibоrаt.
-
Ер қадастри
А.Р.Бобожонов, Қ.Р.Раҳмонов, Ғофиров А.Ж.,Дарсликда давлат ер кадастрининг тарихи, мазмуни, асосий вазифалари берилган; ер участкаларини рўйхатга олиш, ер ҳисоби ва ҳисоботи, ерларни баҳолаш масалалари ёритилган. Хўжалик, туман (шахар), вилоят ва республикада ер кадастрини ҳамда ер кадастри хужжатларини юритиш бўйича амалий кўникмалар акс эттирилган. Дарслик Олий ўқув юртларининг “Ер тузиш ва ер кадастри” «Геодезия, картография ва кадастр» бакалавр йўналишларида таълим олаётган талабаларига мўлжалланган.
-
Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 2-qism
N.Bozorboev, X.I. Yusupov, R.A. Narov, A.M. Ilmuradov, V. Rasulov, B.T. Xushnazarov, F.N. Bozorboev, A.T.Ilyasov,Darslik ikki qismdan iborat bo‘lib, ushbu ikkinchi qismida bino va inshootlarni yig‘ma konstruksiyalardan barpo etish (qolgan qismi); binolarni monolit temirbetondan barpo etish; ishlab chiqarishning tabiiy-noqulay sharoitlarida bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi yoritilgan
-
Zаmonaviy shaharsozlik nazariyasi
ISAMUHAMEDOVA DILOROM UCHQUNOVNA , MIRZAYEV MURAT KUSHATOVICH,Ushbu o'quv qo'llanma kirish, 7 ta bob, xulosa, adabiyotlar ro'yxatdan iborat. Kirish qismida shaharsozlik nazariyasining shaharsozlik faoliyatidagi o'rni, boshqa turdosh fanlar bilan aloqasi, shaharsozlik nazariyasi maqsadi yoritilgan. I-bobda zamonaviy shaharsozlikning tug'ilishi, II-bob aholi joylashuvi va tumanni rejalashtirish, III-bob esa, shaharni tarhiy tashkil etishga bag'ishlangan. IV-bobda O'zbekiston zamonaviy shaharozligining xususiyatlari va muammolari ochib berilgan bo'lsa, V-bobda shaharning me‘moriy-badiiy kompozitsiyasi haqida so'z yuritiladi.
-
"Ақлли шаҳар" концепцияси
Хотамов А.Т, Муминов Н.Ш, Ахмедов Ш.А,Мазкур ўқув қўлланмада жаҳонда шаҳарларни ривожлантириш билан боғлиқ бўлган бугунгт кундаги глобал масалалар, ер танқислиши, шаҳарда транспортни ташкил этиш ва мазкур инфраструктура фаолиятини тубдан яхшилаш, санитар-гигеник ва экологик холатни яхшилаш масаласи, бунда муқобил энергия манбаларидан оқилона фойдаланишда илғор хориж тажрибалари келтирилган.
-
Binolarning texnik ekspluatasiyaga xos xususiyatlari
S.T.Qosimova, Sh.Shojalilov,Mazkur qo'llanmaning birinchi qismda binolardan texnik foydalanish, ularga texnik xizmat ko'rsatish va joriy ta'mir o'tkazishni takomillashtirish masalalari yoritilgan edi. Qo'llanmaning tadrijiy davomi sifatida berilayotgan materiallar o'zida binolarning konstruktiv qismlari va elementlaridan foydalanish, ulardagi nuqsonlar va ularni bartaraf etish, binolardan alohida sharoitlarda foydalanish, muhandislik qurilmalaridan foydalanish va binolardagi texnik xizmat ko'rsatish hamda ularni ta'minlashda xavfsizlik chora-tadbirlari kabi masalalarni qamrab olgan
-
BIM texnologiyalari asoslari
[],Ushbu oʻquv qoʻllanma “Dizayn” kafedrasining yuqori kurs talabalari uchun moʻljallangan. Oʻquv qoʻllanma BIM tеxnologiyalari asoslari boʻyicha tayanch bilimlarni beradi. Bu predmetni oʻrganish talabalarga nafaqat loyihalash texnologiyalarini va qurilish sanoatidagi bogʻliqliklarni, qo’shimcha ravishda texnologiyaning xususiyatlari va qonuniyatlarni ham oʻrgatadi. Butun nazariy materiallar auditoriyada bajariladigan amaliy va mustaqil ishlar seriyasi orqali oʻzlashtiriladi. Oʻquv qoʻllanma arxitektura muhitlari dizayni talabalari uchun ham, boshqa oliy va oʻrta maxsus ta’lim muassasasi talabalari uchun ham ahamiyatlidir. Sodda qilib aytganda, o‘quvchini bino inshootlar ma’lumotlarini modellashtirishning yangi dunyosi bilan tanishtiradi va bu dunyoni boshqarishga yordam berishga undaydi.
-
Arxitekturaviy kompozitsiya va loyihalash asoslari
A. O'rolov, A.Rahimov, B.Saidova.,Qo’llanma ‘’Arxitektura va ‘’ Dizayn’’ yo’nalishlarida ta’lim olayotgan bakalavriat talabalari va magistrlarga mo’ljallangan. Shuningdek, undan yuqoridagi fanlardan dars berayotgan o’qituvchilar hamda ‘’Kasbiy pedagogik ta’lim’’ yo’nalishining talabalari ham foydalanishlari mumkin.
-
Gidrotexnika ishlarini bajarish
O'.Xusanxodjaev. G.Davronov, I.Axmedov,Mazkur darslikda gidrotexnika qurilishiga oid bo`lgan ish turlari va ularni bajarish to`g`risidagi ma`lumotlar yozilgan. Kitobda fan bo`yicha umumiy ma`lumotlar yer beton temir beton yig`ish gidroizolyatsiya o`zan rostlash va boshqa ishlar hamda qurilish transportini tashkil qilish haqida materiallar berilgan.