-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Adabiyot,
-
Шайтондан панох ва осудалик 21, 46-сир
Ёрқин Абдуллаев,Айтишларича, шайтон инсонни гунох; ишларга ундаб, уни йулдан ураверар экан. У жуда ёмон экан. Эҳтиёт бўлиб турмасангиз, хар бир ишингизни назорат тарозусида тортиб турмасангиз, у ўзингизнинг гўштингизни ўзингизга едирар экан, ишонаверинг! У ақлингизни батамом ишлатмай кўйиши мумкин экан. Качонки, инсон гунох, ишларни ўзига одат қилиб олгач, шайтон уни тинч кўяркан. Сабаби, энди унга иш к,олмаган. У уз ишини қойилмақом даражада бажариб бўлган. Инсон эса энди шайтоннинг ишини ўзи бажараверар экан. Шундай аҳволга тушмаслик учун шайтондан панохланиш зарур.
-
Ўзбек шевашунослиги
Назар Ражабов,Ўзбек шевашунослиги китобида шевашунослик фани ва илмий ёзув, ўзбек шеваларининг таснифи, фонетикаси, лексикаси ҳамда грамматикаси каби муҳим масалалар баён этилган. Материаллар зарур ҳолларда тил тарихи, ўзбек адабий тили ва қисман туркий тиллар материаллари билан ҳақм чоғиштирган ҳолда изоҳлаб берилади.
-
Navoiyshunoslik
Rajabova, M., Amonova, Z.,Mazkur o‘quv qo‘llanma respublika oliy o‘quv yurtlari o‘zbek filologiyasi va o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish yo‘nalishidagi (Tа’lim yo‘nalishi: 5120100 – Filologiya va tillarni o`qitish (o`zbek tili); 5111200 - O‘zbek tili va adabiyoti) talabalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda navoiyshunoslikda qo‘lga kiritilgan yutuq va tajribalarga suyangan holda ulug‘ shoir asarlarini sharhli o‘qish uchun tahlil usullari va ko‘rsatmalar berilgan. Qo‘llanma talabalarda mumtoz matnlarni tahlil qilish ko‘nikmasini shakllantirish bilan birga Alisher Navoiy asarlarini sharhli o‘qish orqali ulug‘ shoir asarlari mohiyatni teran anglashga ko‘maklashadi.
-
Adabiyotshunoslikka kirish
Xudoyberdiyev Erkin,"Adabiyotshunoslikka kirish" fani bo'yicha o'zbek tilida yaratilagan eng yangi darsliklardan biridir. Unda mazkur fanning dastur bo'yicha imkon qadar barcha masalalari qamrab olingan. Avvalgi nashrga badiiylik muammosi yangi kiritilgan edi. Bu nashrdagi shunday yangilik "Pafos"dir. Qayta tahrirda ba'zi yangi qo'shimcha fikrlar ham o'rin oldi. Kitob sodda tilda yozilgan. Shu bilan birga, bu masalalarga muallif milliy istiqlol g'oyasi va mafkurasi nuqtayi nazaridan yondashadi, unda asosan oʻzbek mumtoz va zamonaviy adabiyoti namoyandalarining ijodi, eng muhim asarlari misolida mulohaza yuritiladi.
-
Til va uslub
Bolta Yoriyev,Илмий тафаккур-ҳақиқатни англаш, баҳолашда ҳалол мезон ва ўлчовга амал қилиш, туғри ва аник, хулосага келиш омилларидандир. Болта Ёриевнинг илмий изланишлари тил ва услуб, тарихий талқин, ижодкор маҳорати масалаларига бағишланган. Унинг матбуотда эълон қилинган кўплаб тақризлари, айрим адиблар ижоди хақидаги макрлаларида хайрихоҳлик туйгулари устундир.
-
Адабиётшунослик асослари
Т.Бобоев,Mazkur kitob muallifning "o'qituvchi" nashiriyoti tomonidan 1979 yilda chop etilgan adabiyotshunoslikka kirish kursi bo'yicha o'quv-metodik qo'llanmasining qayta ishlangan va to'dirilgan ikkinchi nashridir
-
Adabiyot nazariyasi
I. SULTON,Atoqli adabiyotshunos olim, akademik Izzat Sulton o'zbek tilidagi - birinchi Adabiyot nazariyasi" darsligining muallifi. 1939- yilda nashr etilgan mazkur darslik uzoq yillar mobaynida nafaqat O'zbekistonda. balki O'rta Osiyodagi boshqa respublikalarda ham fanning shu sohasi bo'yicha birdan-bir o'quv qo'llanmasi bo'lib xizmat etgan. Qo'lingizdagi Adabiyot nazariyasi" darsligi olimning uzoq yillar davomida adabiyotshunos va yozuvchi sifatida olib borgan faoliyatining ma'lum ma'noda ijodiy samarasi, adabiy-nazariy yakunidir. Izzat Sulton ushbu darslikda adabiyotning ijtimoiy vazifalari va o'ziga xosligi, adabiy asar, adabiy turlar va janrlar, she'riy nutq, ijodiy metod va uslub singari nazariy masalalarni bugungi qarashlar asosida tushuntirish va talqin etishga alohida e'tibor bergan. U yoki bu masalaga oid nazariy fikrlarini jahon adabiyoti, shu jumladan, o'zbek adabiyoti materiallari asosida dalillagan. Darslik oliy o'quv yurtlarining filologiya fakultetlari, ijtimoiy- gumanitar yo'nalishdagi o'rta va maxsus o'quv yurtlarining talabalari uchun mo'ljallangan.
-
XX аср Ўзбек мумтоз адабиётшунослиги
Б. Каримов,Ўзбек, умуман, Шарқ мумтоз адабиётини уларнинг мазмун-моҳиятида мужассам бўлган диний-тасаввуфий қарашлар, шарқона фалсафий дунёқараш, илдизи қадим мозийга туташ ривояту асотирлар билан уйғун тарзда ўрганиш лозим. Шу боис ўзбек мумтоз адабиёти намуналарига ҳар кимнинг ҳам тиши ўтавермайди. Бунда оддий китобхон мутахассис мададига муҳтож. Адабиётшуносларимиз ХХ асрда бу борада ўқувчиларга қай даража елкадош бўлди? Қўлингиздаги китоб нафақат юқоридаги сингари саволларга муфассал жавоб беради, балки ёш адабиётшунослар учун муҳим манба, кенг китобхонлар оммаси учун қизиқарли мажмуа бўлиш билан бирга, чорак асрлик Истиқлол тўйини тантана қилаётган халқимиз учун муносиб туҳфа ҳамдир.
-
XX аср модерн адабиёти манзаралари: мақолалар тўплами
Холбеков Мухаммаджон,XX аср жаҳон адабиётини сиёсий ва бир томонлама фикрлардаи холи равишда англаш, уни аср ижтимоий ва бадиий воқелиги яратилган жараёнда тасаввур қилишга уриниш тўпламга кирган мақолаларнинг асосий мақсадини ифода этади. XX аср Ғарб адабиётининг тарихда ўз қадр-қиммати, обру-эътиборига эга бўлиб қолишига шак-шубҳа йўқ албатта. Мақолалар тўплами адабиётшунослик илмига қизиқувчи кенг китобхон оммасига мўлжалланган.
-
Adabiyotshunoslikka kirish
D.Quronov,Ma’lumki, umumta’lim maktablarining 5-sinfidan boshlab o‘quvchilarga adabiyotshunoslikka oid ilk ma’lumotlar berib boriladi. Maktabda adabiyot o ‘qitish dasturlari o‘quvchilarga bosqichma-bosqich badiiy adabiyotning mohiyati, adabiy tur va janrlar, badiiy obraz va obrazlilik, she’r tizimlari, badiiy tasvir va ifoda vositalari kabi adabiy-nazariy tushunchalami o‘rgatib borishni ko‘zda tutadi. Biroq umumta’lim maktablari filolog-adabiyotshunoslar tayyorlashni maqsad qilmagani uchun ham bu ma’lum otlar fragmentar tarzda — konkret badiiy asarlar tahlili jarayonida yoki biror bir adib ijodiy merosini o‘rganish barobarida berib borilgan.
-
-
-
ARUZ ILMI
Ziyovuddinova М., Xudjanova D. J.,Ushbu darslik aruz ilmining qonun-qoidalari, tarkibiy qismlari, aruz bahrlari va aruz doirlari hamda mavarounnahrlik olimlarning aruzga doir asarlari haqidagi ma'lumotlarni o'z ichida qamrab olgan. Mazkur darslik "Arab filologiyasi" va "Mumtoz filologiya" mutaxassisligi bo'yicha bakalavr ta'lim yo'nalishida tahsil olayotgan talabalarga mo'ljallangan.
-
Ватан ҳаққига муножот
[],Дунёга таниқли тарихчи олим Амриддин Бердимуродовнинг отают тўғрисидаги ёзиқларида, бу неъмат ҳақида сўз юритганида илмий далилларни шунчаки келтирмайди, балки уларни турли мамлакатларда бўлиб кўз билан кўрилган кечинмалар асосида қиёслайди ва юрт суратини очиб беради. Китобнинг "Фахр этишга апрзирли Ватан" ва "Ватан сувратига чизгилар" боблари ўзига хос услубда ёзилган, унда қадим элимизнинг ҳали биз билмаган янги тимсоллари ҳақида сўз юритилган.
-
Adabiyot nazariyasi asoslari
D.H.Quronov,Ushbu darslik 2002 yilda Oliy ta’lim vazirligi qoshidagi Oliy o'quv yurtlari aro Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan tegishli ta’lim yo'nalishlari uchun darslik sifatida tavsiya etilgan “Adabiyotshunoslikka kirish” darsligining to‘ldirilgan va tuzatilgan 4-nashridir. Darslikda nazariy masalalar bugungi o‘zbek adabiy-nazariy tafakkuri va xorijdagi ilmiy qarashlarni uyg‘unlashtirgan holda yoritilgan, material didaktik talablar va o‘quv dasturiga muvoflq tarzda, izchillik va ketma-ketlikda taqdim etilgan.
-
Milliy uyg'onish davri o'zbek adabiyoti
Begali Qosimov,Darslik maydonga keltirishda O'zbekiston milliy universiteti milliy uyg'onish davri o'zbek adabiyoti kafedrsaning barcha a'zolari faol ishtirok etdilar.Prof.Sh.Yusupov "Muhim Xuqandiy" maqolasini yozdi "Komil Xorazmiy"ga hammualliflik qildi
-
XX аср адабиётига чизгилар
Ингеборг Балдауф,Бу тўплам Тркистон жадидчилик тарихи ва унинг машҳур намояндаларига бағишланган.
-
BOLALAR ADABIYOTI
RAHMATULLA BARAKA YEV, BASHORAT JAMILOVA, OXUNJON SAFAROV,Mamlakalimizda so'nggi yillarda ta’lim-tarbiya tizimi va ilm-fan sohasidagi integratsiya, uzviylik va uzluksizligini ta’minlash maqsadida qaror va farmoyishlar chiqarilimoqda. Xususan bu boradagi buyuk ma’naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtinsh, uning tarixiy zaminini mustahkamlash, ayni paytda zamon talablari bilan uyg’unlashtirishga e’tibor qaratilayotir.
-
ЎЗБЕК АДАБИЁТИНИ ДАВРЛАШТИРИШ МАСАЛАЛАРИ
Насимхон РАХМОНОВ,Китобда муаллиф бир неча йиллик кузатувлари асосида ўзбек адабиёти тарихини даврлаштиришнинг назарий-методологик тамойилларини умумлаштиришга, бир тизим ҳолига келтиришга ва тавсифлашга ҳаракат қилади, ўзбек адабиётида “Разнавийлар даври адабиёти”, “Ўрта аср халқ адабиёти” каби янгича даврлаштиришнинг ўзига хос тамойилларини ўртага ташлайди, жаҳон адабиётшунослигида ишлаб чиқилган адабиётлараро умумлаштиришни ўзбек адабиётининг даврлаштирилишига татбиқ кипши ҳақидаги фикрларини қам илгари суради. Бундан ташқари, Исломгача булган қадимги туркий адабиёт, Олтин Ўрда адабиёти ва Темурийлар даври адабиётини даврлаштиришнинг тамойиллари, ўзига хос хусусиятлари ва асосларини қисқа баён қилади. Китобдан яна Алишер Навоийнинг Шарқ адабиётини даврлаштиришга муносабатлари ва қарашлари ҳам ўрин олган. Ўзбекистон Олий таълим тизимидаги ва академик нашрлардаги даврлаштириш масалалари танқидий таҳлил қилинган.
-
O'ZBEK ADABIY TANQIDCHILIGI TARIXI
B. NAZAROV, A. RASULOV, Q. QAHRAMONOV, SH. AXMEDOVA,Darslik 0‘zR FA Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti,0‘zbekiston Milliy universiteti, Buxoro davlat universiteti, Toshkent davlat pedagogika universitetlari olimlari hamkorligida 0‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi talabi va shartnomasiga muvofiq yaratildi. Unda o‘zbek adabiy tanqidining fan va san'at sifatidagi estetik mohiyati. paydo bo'lishi, shakllanishi va taraqqiyot tarixining o‘ziga xos tamoyillari bosqichma-bosqich o'rganilib umumlashtirilgan.0‘zbek adabiy tanqidi rivojiga munosib hissa qo‘shgan qator yetakchi adabiyotshunos-munaqqidlar ilmiy-ijodiy faoliyati yoritilgan. Shuningdek,adabiy tanqidning janriy tarkibi tasnif etilib, taqriz, adabiy-tanqidiy maqola, adabiy portret. tanqidiy-biografik ocherk, esse, adabiy-tanqidiy maktub, adabiy suhbat kabi janrlar tahlil etilgan. Har bir mavzu reja,mavzuni mustahkamlovchi savollar, tayanch tushunchalar bilan ta’minlangan. Darslik universitetlar va pedagogika institutlari o‘zbek filologiyasi fakultetining talaba, aspirant, o'qituvchilari va barcha qiziquvchilarga mo'ljallangan