-
Америка фожеаси
Теодор Драйзер,Сиз асарнинг олдинги қисмларида асосий қаҳрамон - Грифитс Клайднинг бойвачча хонадоннинг қизи Сондрага уйланиш ва ҳаётда бой бўлиб яшаш учун қабиҳ жиноятга, яъни қотиллика қўл урганидан, ўзининг собиқ севгилиси Робертани кўлга чўктириб юборганини ўқиб билдингиз. Асарнинг қолган қисмида нима бўлишига қизиқаётганингиз табиий ҳол. Демак, асарнинг учинчи қисмида нима бўлади? Клайд Сондрага уйлана оладими ёки йўқ? Робертанинг ўлими изсиз қоладими ёки йўқ? Ушбу саволларингизга асарни ўқиш давомида жавоб топасиз.
-
Yulduzli tunlar
Primqul Qodirov,Mahoratli yozuvchi Pirimqul Qodirovning ushbu asari o'zbek adabiyotining eng sara tarixiy romanlari sirasiga kiradi. Unda Movarounnahrdek ulkan saltanatning parchalanib ketishi, Temuriylar sulolasining inqirozi, hokimiyatga erishish ilinjida taxt talashib, bir-birlariga qilich ko'targan og'a-ini, tog'a-jiyanlarning fojiaviy qismati aks ettirilgan. Roman voqealari orqali o'quvchi tarixda Temuriylar o'rtasidagi nizolar, fitna, fisq-u fasod tufayli yuzaga kelgan qonli urushlar, ayovsiz xunrezliklar oqibatida behad qonxo'r beklar zulmidan sillasi butkul qurigan xalqning g'oyat nochor ahvoli va uyushqoqlikdan bexabar Temuriylarni Shayboniyxon qanchalar oson mahv etgani bilan tanishadi.
-
1991 Сто памятных дат
Н.А.Борисовская,Предлагаемая читателю книга-рлод многолетних самоотверженных усилий автора, сумевшего отыскать, собрать и осмыслить колоссальный, казалось бы,навсегда утраченный художественный и документальный материал.
-
Инсон бахт учун туғилади
Каримов И. А.,Узбекистон Республикаси Президента, академик Ислом Каримовнинг “ Узбекистон: миллий истикдол, ик,тисод, сиёсат, мафкура” , “ Биздан озод ва обод Ватан колсин” , “ Ватан саждагох; каби мукаддасдир” , “ Бунёдкорлик йулидан” , “ Узбекистон XXI аср бусагасида: хавф сизликка таадид, барк,арорлик ш артлари ва тарак^иёт кафолатлари” , “ Янгича фикрлаш ва ишлаш— давр талаби” , “ Баркамол авлод — Узбекистон таракдиётининг пойдевори” номли асарлари, бошка барча китоб ва рисолалари ана шундай беба^о асарлар сирасига киради.
-
Бадбахтдала тутқуни: ҳикоялар. Ҳажвиялар. Ўйлар.
Ўткир Ҳошимов,Китоб кенг китобхонлар оммасига мўлжалланган. Ушбу китобга адибнинг энг сара ҳикоя ва ҳажвиялари, Ватан ва эл манфаати ҳақидаги ўйлари киритилган. Улар сизни ҳаяжонга солишига ишонамиз.
-
Xamsa
Alisher Navoiy,Nafaqat o‘zbek adabiyoti, balki turkiy adabiyot durdonasi ham bo'lgan “Xamsa” asari bugungi kun kitobxonlari uchun-da bebaho xazina hisoblanadi. Mumtaz adabiyotimiz sultoni mir Alisher Navoiyning inazkur asarining muxtasar mazmuni bayou etilgan ushbu kitobda kirish qismlar, keng tasvirlangan manzaralar, monologlar bir oz qisqartirilgan bo‘lsa-da, “Xamsa"ni o'qishni istagan hozirgi kitobxonlar uchun zamonaviy til va nasriy uslubi bilan ancha qulaydir.
-
Shum bola
G'afur G'ulom,Qo'lingizdagi kitobda yozuvchining «Shum bola» qissasi jamlangan. Qissada birkambagal bolaning uydan qochib har xil voqealarga toqnash kelganligi haqida hikoya qilinadi. Yozuvchining qissadagi ayrim so'zlari Fargona, Buxoro va Toshkent shevalarida talqin qilingan va osha holicha qoldirilgan.
-
Қиёмат
Чингиз Айтматов,Қиёмат. Бу сўз бутун оғриғи билан онгимизга таъсир кўрсатади. Чингиз Айтматов ном берган ва Иброҳим Ғафуров таржимаси билан нашрга тайёрланган мазкур китобнинг аҳамияти хусусида гan кетганда, асарнинг «Қиёмат» деб номланишида бир эмас, бир нечта асос борлигини таъкидлаш керак. Чунончи, Акбара билан Тошчайнар тимсолида бир жуфт бури ва унинг зурриётлари қисматининг фожеий якуни; умматларига бахт ато этиш учун курашган, алалоқибат айнан уша бахт улашмок;чи булганлар томонидан рад этилган ҳазрати Исонинг чормихга тортилиши; ўзларини жамиятнинг олди кишилари деб билган, аслида эса маънан нопок кишиларга қарши сўз айтгани учун Муйинкум даштида дарахтга чормих килиб тортилган Авдий Каллистратовнинг фожиали ўлими; Ола Мўнгу тоғидаги туб сиз жарликка оти билан тушиб кетган ва ҳатто кафансиз қолган Эрназарнинг қисмати; қўрқув ва таҳликанинг зўридан Кенжашни олиб қочаётган Акбарани отаман деб аслида ўз жигарпорасининг бағрини ўқ билан илма-тешик қилиб юборган Бўстон Ўркунчиев тақдири - буларнинг бари китобхон қалбини ларзага солмай қўймайди.
-
O'tkan kunlar
Abdulla Qodiriy,Yangi "Asr oshgan asarlar" turkumi "XX asr o`zbek romani" turkumiga kirgan va boshqa o`qimishli qissalar, romanlarni saralash mevasi.
-
Otamdan qolgan dalalar
Tog'ay Murod,Muallif o'z romanida sobiq sho'rolar zamonida yashab, bu-tun umri dalada ketmon chopib, serquyosh yurtida yelkasi oftob ko'rmagan, qut-barakot yurtida kosasi oqarmagan munis o'zbek xalqi siymosini Dehqonqul timsolida badiiy talqin etadi.
-
Oq kema
Chingiz Aytmatov,Ch.Aytmatovning "Oq kema" nomli ushbu qissasi nafaqat turkiy xalqlarning, balki butun dunyo kitobxonlari tomonidan sevib o'qiladi. Asarning asosiy qahramoni Mo'min cholning tabiatida ajdodlar tomonidan avlodlarga meros qoldirilgan urf-odatlarning qadrlanishi bugungi kunda ham o'z ahamiyatini yo'qotmagan. Chunki har bir xalq o'zining mavjudligini faqatgina o'ziga xos urf-odatlari bilan isbotlay oladi.
-
Nur va soyalar
Rabindranat Tagor,Qo'lingizdagi ushbu majmuaga Hindistonning buyuk adibi Rabindranat Tagorning bir juft hikoyasi, rus shoiri Sergey Yeseninning turkum she’rlari, shuningdek, atoqli o'zbek ijodkorlari - To'ra Sulaymon, Muhammad Yusuf she’rlaridan namunalar jamlandi. Inson, uni anglash, uning qalbini qog'ozda aks ettirish mazkur so‘z sanatkorlarning bosh mavzusi, asosiy g'oyasidir.
-
Navoiy
Muso Toshmuhammad o'g'li Oybek,"Navoiy" romani o`zbek va rus tillarida bir necha marta nashr etilgan asar. Navoiydan keyingi davr uning asarlariga qiziqishni oshirsa oshiradiki, aslo kamaytirmaydi.
-
Mehrobdan chayon
Abdulla Qodiriy,Mehrobdan chayon— oʻzbek romanchiligining asoschisi Abdulla Qodiriyning ikkinchi yirik asari 1928-yil fevralda yozib tugatilgan. Roman birinchi marta 1929-yil Samarqandda bosilib chiqdi. Roman mavzui XIX asr hodisalari — „xon zamonlari“ davridagi oʻzboshimchaliklarni koʻrsatishga qaratilgan boʻlsada, unda roman yozilgan davr ruhi kuchli singdirilgan.
-
Kalila va Dimna
Tarjimon: Suyima G‘aniyeva,Bu asar, necha asrlarki, hikmat va masallar bobida munosib o‘rin egallab kelmoqda. Xalq hayoti, dardi, ahli donishlar ulug‘vorligi, hozirjavoblik, donolik aks etgani uchun ham «Kalila va Dimna» ta’rif va tavsifga ega. Undagi masallar, hikmatlar mag‘zi insoniylik, oliyjanoblikni ulug‘laydi. Tarbiyaviy ahamiyati jihatidan ham ushbu bebaho asar bugungi kunda ham o‘z qiymatini yo‘qotmagan. O‘qing, uqing, donolar olamida bo‘ling.
-
Kafansiz ko'milganlar
Shukrullo,"Abdulla Qodiriy, Usmon Nosir degan yozuvchilarni eshitganmisan? Fayzulla Xojayev, Akmal Ikromovdek buyuk rahbarlarni-chi? Ularni kim otgan? Nega? Bilasanmi?, Mana yoningda о 'tirgan Shukrullo "xalq dushmani" bo 'lib, necha yilga hukm qilingan, necha yil qamoq lagerlarida o'tirib chiqqan, bunga ham ishonmaysanmi? Bir necha o'limlardan qanday qilib qolgani, xo 'rliklarini eshitganmisan?" "Aytib bering", — deyish oson. Har qanday dahshatli, fojiali voqealami ham ertak eshitgandek eshitish mumkin. Ammo qamoqlarda tilka-pora bo'lgan bu yurak, qaqshagan bu asablar tuhmat va haqoratlar azobini qayta xotirlashga endi bardosh bera olarmikanlar!"
-
Jamila
Chingiz Aytmatov,Adib nomini ilk bor dunyo miqyosida mashhur qilgan asar, bu - «Jamila» qissasidir. 1958-yilda yozilgan bu qissa 1959-yili rus va fransuz tillarida kitob holida e’lon qilingan, ikki yil ichida sobiq Ittifoq va xorijdagi o‘ttizga yaqin tilga taijima qilingan. Asami fransuz tiliga taijima qilgan Lui Aragon uni «Muhabbat haqida yozilgan jahondagi eng ajoyib qissa» deb baholagan edi. Asarni qunt bilan o'qisangiz, bunga siz ham amin bo‘lasiz.
-
Fozil odamlar shahri 2-nashri
Abu Nasr Forobiy,Ushbu kitobda Sharqning buyuk mutafakkirlaridan biri, o‘z davrining yorqin yulduzi Abu Nasr Forobiyning ayrim risolalari o‘rin olgan. Allomaning “Fozil odamlar shahri” , “Aflotun qonunlari mohiyati” (Talxisu navomisi Aflotun), “Arastu falsafasi” (Falsafatu Aristutolis) kabi asarlari bu muhtaram zot haqidagi tasawurimizni birmuncha kengaytirishga xizmat qilishi shubhasiz.
-
Daftar hoshiyasidagi bitiklar
O'tkir Hoshimov,Наг biг inson hayotdan ma’no izlaydi. Umri davomida ko‘rgan-ke-chirganlaridan saboq oladi. Hayotiy xulosalar chiqaradi. Ardoqli adib O‘tkir Hoshimovning kuzatishlari, hayotiy xulosalari qo‘lingizdagi ushbu kitobda o‘z ifodasini topgan. Yozuvchining qatralab yig‘ilgan hayot falsafasi ko'ngil mul-kingizni boyitishiga ishonamiz.
-
Bolalik xotiralarim
Muso Toshmuhammad o'g'li Oybek,Atoqli o‘zbek yozuvchisi Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek turfa voqealarga boy, mashaqqatli va ayni paytda ajo- yib xayot yolini bosib o‘tgan. Qolingizdagi «Bolalik xotiralarim» kitobida u ana shu yo'lning 1917 - 1918 yillarga qadar bolgan qismi bilan siz hurmatli kitobxonlami tanishtiradi. Oybek singari ulug‘ allomalarniig bolalik va yoshlik kezlari ularning ko'cha changitib yurgan oddiy boladan xalqning mutafakkir siymolaridan biriga aylanishi, ayniqsa, yosh av- lodlar uchun hamisha maroqli va ibratlidir.