-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
Tabiiy va aniq fanlarning umumiy va kompleks muammolari
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari
-
-
Tabiiy va aniq fanlarning umumiy va kompleks muammolari
-
-
Texnika va amaliy fanlar
-
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
Maktabgacha ta’limning me’yoriy asoslari
Mazkur darslik oliy ta’lim muassalari bakalavriat yo‘nalishi 70110201– Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim) uchun mo‘ljallangan. “Maktabgacha ta’limning me’yoriy asoslari” faniga doir me’yoriy ta’minot o‘quv dasturi asosida mazmunan o‘z aksini topgan. Ushbu darslik oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari uchun tavsiya etiladi. Shu bilan birga mazkur darslikdan ilmiy tadqiqotchilar hamda “Maktabgacha ta’limning me’yoriy asoslari” fani bilan qiziquvchilar, maktabgacha ta’lim tashkilotida faoliyat olib borayotgan rahbarlar, tarbiyachi, uslubchilar tarbiyachilar ham foydalanishlari mumkin. Darslikda me’yoriy hujjatlar, uning tarkibi, tuzilishi, vazifalari va unga bo‘lgan zamonaviy yondashuvlar hamda undan amalda foydalanishga doir tavsiyalar bayon qilingan.
-
Musiqa o‘qitish metodikasi. Maktab repertuari
Mаzkur darslik 60110600 – Musiqа tа’limi yо‘nаlishi tаlаbаlаri vа umumiy о‘rtа tа’lim muаssаsаlаrining «Musiqа mаdаniyаti» fаni о‘qituv chilаri uchun mо‘ljаllаngаn bо‘lib, undа fаnning mаqsаd vа vаzifаlаri metоdоlоgik аsоslаri tа’rifi kаbi metоdik mаsаlаlаr yоritilgаn. Shuning dek, umumiy о‘rtа tа’lim muаssаsаlаrining musiqa madaniyati darslarini tashkil etish, darslarda qо‘llaniladigan metоdlar, labоratоriya mashg‘ulоt lari uchun asarlarni nоtali ilоvalari ham taqdim etilgan. Ushbu darslikda asarlarni qanday ijrо etish uslublari muallifni jоnli ijrоsida QR kоdni skannerlab, kо‘rib о‘rganish imkоniyati ham mavjud. Har bir mavzuga oid test savollari ham ishlab chiqilgan.
-
Boshlang‘ich ta’limda tabiiy fanlar
Ushbu darslikda Umumta’lim maktablarida joriy etilgan Milliy o‘quv dasturining mazmuni va mohiyati, tabiiy fanlarni shakllanishi, rivojlanish bosqichlari, maqsadi, mazmuni, o‘ziga xos xususiyatlari, tabiat haqida tushuncha, jonli va jonsiz tabiat, tirik organizmlar, organizmlarning tuzilishi, hayotiy jarayonlar, yashash joyining turlari, yashash joyiga ta’sir etuvchi omillar, ob-havo va iqlim, tabiatda suvning aylanishi, yil fasllari, yorug‘lik va tovush, energiya, jismlarning harakati, harakat turlari kuch, massa va uning birliklari, jismlarning o‘zaro ta’siri bo‘yicha masalalar ko‘rib chiqilgan, darslik, O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlari 60110500-boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalariga mo‘ljallangan. Magistrantlar, doktorantlar va boshqa tabiiy fanlar fani bilan qiziquvchilar foydalanishi mumkin.
-
Иссиқхона хўжалигини ташкил этиш ва юритиш
Дарслик иссиқхона хўжаликларини ташкил этиш ва юритишнинг ҳозирги ҳолати, фанининг предмети, мақсади, вазифалари, иссиқхона хўжаликларини ташкил этишнинг ташкилий - ҳуқуқий асослари, ер ва сув ресурсларидан самарали фойдаланишни ташкил этиш, сабзавот маҳсулотларини етиштириш усуллари, парник ва теплицаларда сабзавотчилик кўчатларини етиштириш, иссиқхона хўжаликларида сабзавот экинларини етиштиришда ишлаб чиқаришни ташкил этиш технологияси, меҳнат ресурсларидан фойдаланиш ва ҳақ тўлаш. хўжалик фаолиятини режалаштириш ва унинг иқтисодий смарадорлигини ошириш ва бозорга рақобатбардош маҳсулотларни етиштириш ва уларни экспорт қилиш йўналишлари кўрсатиб берилган.
-
Koreys adaniyoti poetikasi
Koreys adaniyoti poetikasi darsligi 70230104-Adabiyotshunoslik (Koreys adabiyoti) mutaxassisligi magistrantlari uchun mo'ljallangan.Darslik turli davrlarda yaratilgan koreys nasrining o'ziga xos xususiyatlarini yoritish orqali nasr poetikasi masalalarini ta'qin va tahlil qiladi.
-
Инновацион иқтисодиёт
Дарсликда қишлоқ хўжалигида инновациялардан фойдаланишнинг ҳозирги ҳолати, инновацион фаолиятнинг хуқуқий, ташкилий-иқтисодий асослари, инновацион бизнес, инновацион лойҳалар ва уни ишлаб чиқиш, режалаштириш, жорий этиш истиқболлари, инновацияни амалга оширишда ҳорижий инвестициялар ва унинг ҳуқуқий асослари, инновацион маркетинг ва унинг турлари, ҳамда инновацияларнинг иқтисодий самарадорлиги таҳлил қилинган.
-
Botanika (Yuksak oʻsimliklar sistematikasi)
Mazkur darslik bakalavriatning -510000 Biologiya va turdosh fanları, -60510100 Biologiya ta'lim yo'nalishlari talabalari uchun O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunaviy o'quv reja va fan dasturi asosida yozilgan bo'lib, unda Yuksak o'simliklarni o'rganishda botanika nomenklaturasiga kiritilgan, xalqaro botaniklar jamoasi tan olgan kategoriya va taksonlar, sistematik birliklar va fanning so'ngi yutuqlaridan foydalanishga qaratilgan bilimlar mavzular kesimida qamrab olinishiga axamiyat beriladi. O'simliklarni botanik oilalarini bilib olish, har bir botanik oilaga mansub o'simliklarni yirik sistematik birliklari - boʻlim, ajdod, (sinf) qabila, oila va boshqalarni shuningdek ularning o'ziga hos belgilarni tushunib borishni talab etadi.
-
Xitoy xalq respublikasi iqtisodiyoti
Jahon iqtisodiyotining 2-iqtisodiyoti va o'z maqomiga ko'ra rivojlanayotgan mamlakat hisoblangan Xitoy xalq Respublikasi hozirgi davrda dunyoning eng yirik va eksport salohiyati yuqori no'lgan mamlakatiga aylandi.
-
Tabiiy fanlarni o'qitish metodikasi
Darslik Chirchiq davlat pedagogika universiteti professor-o'qituvchilari tomonidan yaratilgan. Tabiiy fanni o'qitish maxsus metodikasi fanining asosiy mazmuni bayon qilingan bo'lib, unda maxsus fanning nazariy asoslari, o'qitish metodlari va shakllari, nazariyaning amaliyot bilan bog'liqligi ko'rsatib berilgan.Mazkur darslikdan pedagogika yo'nalishidagi oliy o'quv yurtlarining maxsus pedagogika yo'nalishi talabalari bilan bir qatorda maxsus muassasalar pedagoglari hamda ilmiy izlanishlar olib borayotgan yosh tadqiqotchilar o'quv adabiyoti sifatida foydalanishlari mumkin.
-
Xitoy tili (Boshlang'ich kurslar uchun)
Darslikning asosiy maqsadi talanalarga xitoy tili asoslarini o'zlashtirish va amaliy ko'nikmalarni rivojlantirishga yordam berishdir. Darslik xitoy tili grammatikasining asosiy tamoyillarini izchil namoyish etish asosiga qurilgan.
-
ELEKTRODINAMIKA
Mazkur darslik nazariy fizika kursining elektrodinamika qismiga bag'ishlangan bo'lib, maxsus nisbiylik nazariyasi, mikroskopik va makroskopik elektrodinamika bo'limlarini qamrab oladi.
-
Ирригация и мелиорация
Учебник предназначен для студентов, обучающихся по образовательному направлению бакалаврнатуры 5450200 - Водное хозяйство и мелиорация, и составлен согласно типовой и рабочей учебной программам дисциплины «Ирригации и мелиорации».
-
Ilmiy tadqiqot metodologiyasi
Darslik magistratura mutaxassisligi o'quv rejasining majburiy fanlar blokiga kiruvchi "Ilmiy tadqiqot metodologiyasi" fanining namunaviy fan dasturi asosida tayyorlangan. Unda fanning ijtimoiy-texnikaviy jarayon sifatida rivojlanishi, fanning bilimning maxsus shakli sifatdagi o'ziga xos xususiyati, ijod, ilmiy tadqiqot va bilish jarayoni uyg'unligi, innovatsiya va novatsiyalarning oʻzaro aloqadorligi, metodologik yondashuvlar hamda olimning ijtimoiy mas'uliyati masalalarining nazariy asoslari yangilangan tafakkur nuqtai nazaridan keng qamrovli yoritib berilgan.
-
Yadro texnologiyalari nurlanuvchi qurilmalarining tibbiyotda qo‘llanilishi
Mazkur multimediyali elektron darslik yadro texnologiyalarida qo‘llaniladigan nurlanuvchi qurilmalar, ionlashtiruvchi nurlanishning fizik asoslari, tibbiy diagnostika va davolashdagi qo‘llanilishi, dozimetrik nazorat hamda radiatsion xavfsizlik masalalarini tizimli o‘rganishga mo‘ljallangan. Materiallar biofizika va biokimyo, yadro fizikasi va texnologiyalari, tibbiyot fizikasi hamda aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi yo‘nalishlaridagi ta’lim jarayonida foydalanishga moslashtirilgan.
-
Molekulyar fizika
Mazkur darslik Respublikamiz pedagogika oliy ta'lim muassasalarining "Fizika" ta'lim yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, unda "Umumiy fizika" fanining "Molekulyar fizika" bo'limiga tegishli bo'lgan ma'ruza mashg'ulotlari hamda mustaqil ta'lim soatlariga tegishli ma'lumotlar to'liq yoritib berilgan.Mazkur darslik O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2024 yil 27-dekabrdagi 485-sonli buyrug'i bilan nashr etishga ruxsat etildi.
-
Tabiat bilan tanishtirish nazariyasi va metodikasi
Mazkur darslik 60110200 - Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalari tabiat bilan tanishtirish nazariyasi va metodikasi fani mavzularini o‘rganishlari uchun mo‘ljallangan. Darslikda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilar bilan olib boriladigan “Bolalarni tabiat bilan tanishtirish” mashg‘ulotlari qay tarzda olib borilishi borasidagi muhokamalar o‘z aksini topgan. Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bakalavrlari, bo‘lg‘usi tarbiyachilar va maktabgacha ta’lim tashkilotida pedagogik faoliyat yurituvchi kadrlar uchun darslikdagi ma’lumotlardan ijodiy foydalanishlarini tavsiya qilamiz.